Oliy ta'lim muassasasi

Andijon davlat chet tillari instituti

Andijon viloyatidagi oliygohlarga kirish ballari, Andijon viloyatidagi oliygohlar, kirish ballari, eng past kirish ballari, eng yuqori kirish ballari, shu yilgi kirish ballari, qabul kvotalari, Andijondagi oliygohlar, byudjetga o‘tish ballari, kontraktga o‘tish ballari, Andijon kirish ballari, Urganch kirish ballari, qabul 2022 natijalari, 2022 yil kirish ballari, 2023 yil kirish ballari, 2023 qabul kvotalari, 2023 kvotalari

Andijon davlat chet tillari instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi "Andijon davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-265 sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

Quyidagilar institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:

  • xorijiy tillar sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
  • o‘quv jarayonida xalqaro baholash dasturlari (TALIS, PIRLS, PISA) va standartlaridan foydalanish, o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash;
  • yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
  • xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasasining dasturi asosida o‘z ta’lim dasturlarini shakllantirish, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan mustaqil ravishda qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish;
  • ta’limni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, jumladan, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, shuningdek, o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish va amaliy, jumladan, sinxron, badiiy, ketma-ket va ilmiy-texnik tarjima ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish;
  • institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan, professor-o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish.

Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlangan hamda talabalarga ikkita xorijiy til bo‘yicha kvalifikatsiya beriladi.

Telefon:
(+998) 74-223-42-76
Sayt:
adchti.uz
Pochta:
info@asifl.uz
Manzil:
Andijon viloyati, Andijon shahri, Bobur shoh ko‘chasi, 5-uy, pochta indeksi: 170100

Andijon davlat chet tillari instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma