Oliy ta'lim muassasasi

Andijon davlat tibbiyot instituti

Davolash ishi, Pediatriya ishi, Vrachlar malakasini oshirish, Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon davlat tibbiyot instituti 1955 yil Andijon shahrida tashkil etilgan. O‘sha davr uchun juda zarur va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha Farg‘ona vodiysida yagona oliy taʼlim muassasasi bo‘lganligi uchun institutni tez tiklash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida juda katta ishlar amalga oshirilgan. 

Bugungi kunda institutda davolash, pediatriya, stomatologiya fakultetlari hamda kasbiy taʼlim, oliy hamshiralik ishi, farmatsiya, tibbiy profilaktika yo‘nalishlarida bakalavriat hamda 29 ta mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida vodiy viloyatlari shifokorlari uchun malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan.

Institutda 56 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularning umumiy shtatida 533 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, shundan 36 nafari fan doktori (ularning 14 nafari professor unvoniga ega), 130 nafari fan nomzodi  (ularning 104 nafari dotsent unvoniga ega). Institut bo‘yicha ilmiy salohiyat 31.7 % ni tashkil etadi.

Institutda 4 ta fakultet davolash, pediatriya, stomatologiya va vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, 7 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya ishi, kasb taʼlimi, oliy hamshiralik ishi, tibbiy profilaktika ishi va farmatsiya yo‘nalishlari, 29 ta magistratura mutaxassisliklarida o‘quv jarayoni tashkil etilgan.

Telefon:
(+998) 74-223-94-60
Sayt:
Pochta:
info@adti.uz
Manzil:
Andijon viloyati, Andijon shahri, Yusuf Otabekov ko‘chasi, 1- uy, pochta indeksi: 170127

Andijon davlat tibbiyot instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma