Oliy ta'lim muassasasi

Andijon davlat universiteti

Fizika-matematika, Filologiya, Tarix, Jismoniy madaniyat, Pedagogika, Ijtimoiy-iqtisodiyot, Xorijiy tillar, Tabiiy fanlar, Andijon davlat universiteti

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti o‘z tarixini 1931 yildan boshlaydi. Avval Farg‘ona pedagogika insituti filiali, 1939 yilda o‘qituvchilar instituti, so‘ngra 1953 yildan Andijon davlat pedagogika instituti bo‘lib, Vatanimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, 1992 yil 28 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Andijon davlat pedagogika instituti Andijon davlat universitetiga aylantirilgan.

Bugungi kunda universitetda Filologiya, Tabiiy fanlar, Tarix, Ijtimoiy iqtisodiyot, Pedagogika, Fizika-matematika, Xorijiy tillar, Jismoniy madaniyat, San'atshunoslik, Axborot texnologiyalari, Maktabgacha ta'lim kabi 11 ta fakultet, shuningdek, 37 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.

Universitetda 55 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida 20 ming 341 dan ortiq, 26 ta magistratura mutaxassisliklarida 527 dan ortiq talaba ta’lim olmoqda.

Universitetning moddiy texnika bazasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Hozirda 6 ta o‘quv binosidagi o‘quv auditoriyalari soni 252 tani tashkil etadi va 6570 nafardan ortiq talabaga mo‘ljallangan. O‘quv-laboratoriya xonalarining umumiy maydoni 45883 kv.metr bo‘lib, bir talabaga to‘g‘ri keladigan foydali maydon 4,5 kv.metrni tashkil etadi.

2 ta axborot-resurs markazi, 26 ta kompyuter xonasi, 954 dona kompyuter, 2000 o‘ringa mo‘ljallangan 7 ta talabalar turar joyi, 910 o‘ringa ega bo‘lgan 6 ta oshxona, 2 ta bufet, 13 ta ochiq va 3 ta yopiq sport maydonlarining barchasi talabalar uchun bo‘lib, ularning yuksak ma’naviyatli, bilimdon, jismonan baquvvat, har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.

Andijon davlat universiteti dunyodagi 50 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ulardan 28 tasi bilan faol hamkorlik qilish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Hozirgi kunda universitet bitiruvchilari xalqaro tashkilotlarda, yirik transmilliy korporatsiyalarda, O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarida, ta’lim tizimida hamda nodavlat sektorda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Telefon:
(+998) 74-223-88-30
Sayt:
adu.uz
Pochta:
agsu_info@edu.uz
Manzil:
Andijon viloyati, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129- uy, pochta indeksi: 170100

Andijon davlat universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma