Oliy ta'lim muassasasi

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti

Andijon viloyatidagi oliygohlarga kirish ballari, Andijon viloyatidagi oliygohlar, kirish ballari, eng past kirish ballari, eng yuqori kirish ballari, shu yilgi kirish ballari, qabul kvotalari, Andijondagi oliygohlar, byudjetga o‘tish ballari, kontraktga o‘tish ballari, Andijon kirish ballari, Urganch kirish ballari, qabul 2022 natijalari, 2022 yil kirish ballari, 2023 yil kirish ballari, 2023 qabul kvotalari, 2023 kvotalari

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 avgustdagi 516-sonli qaroriga asosan Andijon shahrida tashkil etilgan.

Institutda taʼlim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlandi.

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilangan:

  • hududning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda iqtisodiyot va qurilish sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • xorijiy yetakchi va nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy taʼminotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;
  • o‘quv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyot va qurilish sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalar amaliyotini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha maqsadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini ro‘yobga chiqarish uchun zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
  • iqtisodiyot va qurilish sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, xorijiy ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishini taʼminlash;
  • yoshlarni milliy, vatanparvarlik va fidoiylik g‘oyalariga sadoqat ruhida, maʼnaviy boy, har tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqarash va fikrlash xususiyatlariga ega bo‘lgan shaxs etib tarbiyalash;
  • xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalarining malakali mutaxassislarini keng jalb etish orqali respublika uchun istiqbolli bo‘lgan yangi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish.

Telefon:
(+998) 74-223-49-26
Sayt:
eduaiqi.uz
Pochta:
aiqi@edu.uz
Manzil:
Andijon viloyati, Andijon shahri, A.Navoiy shoh ko‘chasi, 15A-uy, pochta indeksi: 170131

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma