Oliy ta'lim muassasasi

Astraxan davlat universitetining Toshkent viloyatidagi filiali

Astraxan davlat universitetining Toshkent viloyatidagi filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-noyabrdagi PQ-3997-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, respublikada baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, baliqchilik sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 iyuldagi “ASTRAXAN DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETINING TOSHKENT VILOYATIDAGI FILIALI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA”gi 608 sonli Qarori asosida tashkil etilgan.

Ushbu filialning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • baliqchilik tarmog‘i ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish va eng muhim ilmiy-tadqiqot vazifalarini hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash;
  • akvakulturani rivojlantirish, tabiiy va sun’iy suv havzalaridan oqilona foydalanish, baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish, shuningdek, baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish, baliqlarni parvarishlash, inkubatsiyalash, oziqlantirish, tovar baliq yetishtirish, xorij texnologiyasi asosida sovuq suvda yashovchi baliqlarni respublika iqlim sharoitiga moslashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • Bosh muassasaning boy tajribasidan foydalangan holda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash;
  • innovatsion va zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy etish, shu jumladan, qafas (sadok) usulida, yopiq suv ta’minoti qurilmalarida baliq yetishtirish, sun’iy suv havzalari hosildorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish;
  • o‘quv rejasi va fan dasturlarida soha bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurslarni tejaydigan ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni aks ettirish, ta’lim berish jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash orqali bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish;
  • professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etishda hamkorlikni rivojlantirish;
  • fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish.

Filialning dastlabki taʼlim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlangan.

Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida mutaxassislar tayyorlashning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) ro‘yxati:

  • Suv bioresurslari va akvakultura
  • Ekologiya va tabiatdan foydalanish
  • Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi
  • Baliqchilik xo‘jaligi iqtisodiyoti

Telefon:
(+998) 55-503-01-27
Sayt:
astutr.uz
Pochta:
info@astutr.uz
Manzil:
Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy, pochta indeksi: 100037

Astraxan davlat universitetining Toshkent viloyatidagi filiali Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi