Oliy ta'lim muassasasi

Buxoro davlat pedagogika instituti

Buxoro viloyatidagi oliygohlarga kirish ballari, Buxoro viloyatidagi oliygohlar, kirish ballari, eng past kirish ballari, eng yuqori kirish ballari, shu yilgi kirish ballari, qabul kvotalari, Buxorodagi oliygohlar, byudjetga o‘tish ballari, kontraktga o‘tish ballari, Buxoro kirish ballari, Buxoro kirish ballari, qabul 2022 natijalari, 2022 yil kirish ballari, 2023 yil kirish ballari, 2023 qabul kvotalari, 2023 kvotalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi qaroriga muvofiq Buxoro davlat universitetining pedagogika taʼlim sohasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etilgan.

Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • hududda pedagogika soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda pedagogika sohasi boʻyicha tarbiya va oʻqitish usullari, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash;
  • Institutning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq etish;
  • oʻquv va ilmiy laboratoriya xonalarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
  • taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
  • xorijiy yetakchi va nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, oʻquv va ilmiy-uslubiy taʼminotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;
  • taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash;
  • pedagogika taʼlim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilgor xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishga keng jalb etish;
  • respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish. 

Institutda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlangan.

Telefon:
(+998) 65-226-10-97
Sayt:
buxdupi.uz
Pochta:
buxdpi@buxdpi.uz
Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 2-uy

Buxoro davlat pedagogika instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma