Oliy ta'lim muassasasi

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021 yil 21-22 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo‘yicha 4-sonli bayonning 98-bandi ijrosini taʼminlash hamda milliy taʼlim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrovini oshirish, oliy taʼlim tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish orqali raqobat muhitini hosil qilish hamda oliy malakali kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlikni yana-da kengaytirish, aholining turli qatlamlariga, oilalarga, yoshlarga va mehnat jamoalariga psixologik xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash, o‘quv jarayonini amaliyot va ilmiy tadqiqot bilan uzviyligini taʼminlash maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2021 yilning 29 oktyabrida berilgan № OT 0037 litsenziya asosida  “Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti” tashkil etildi.

BUXORO PSIXOLOGIYA XORIJIY TILLAR INSTITUTI MAQSADI

Global istiqbol: Jahonning yetakchi 1000lik OTMlari ro‘yxatidan o‘rin olish va buning uchun global bozorlar rivojlanish dinamikasi va asosiy trendlari, xalqaro va xorojiy biznes amaliyotlari va meʼyorlar haqidagi bilimlarni taʼlim tizimiga to‘liq joriy etish.

Osiyoda mintaqaviy istiqboli: Osiyoning yetakchi OTMlari ro‘yxatidan o‘rin olish va buning uchun Osiyoning innovatsiyaviy tajribasi, o‘ziga xos madaniyatlarni va ijodiy menejmentlarini taʼlim tizimiga to‘liq joriy etish orqali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shuningdek fundamental va ijtimoiy tajriba  amaliyotlariga  asoslangan  taʼlim tizimini rivojlantirish.

Milliy istiqbol: O‘zbekistonning yetakchi OTMlari ro‘yxatidan o‘rin olish va buning uchun zamonaviy talablarga  javob beradigan professional  yuqori malakali va xalqaro taʼlim va mehnat standartlariga mos kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish  hamda ilmiy tadqiqot  ishlarini rivojlantirish.

Telefon:
(+998) 91-447-05-04
Sayt:
buxpxti.uz
Pochta:
buxpxti@gmail.com
Manzil:
Buxoro viloyati, Kogon tumani, B. Naqshbandiy MFY, Abay ko‘chasi, 20-uy

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi
1 Boshlang‘ich ta’lim 60110500 Bakalavr
2 Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
3 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 60112600 Bakalavr
4 Musiqa ta'limi 60111300 Bakalavr
5 O‘zbek tili va adabiyoti 60111400 Bakalavr