Oliy ta'lim muassasasi

Cambridge international university

Cambridge international university 2020-yilda tashkil etilgan va xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan sifatli taʼlim standarti hisoblangan Pearson BTEC malakasiga ega boʻlgan noyob taʼlim muassasasidir. Cambridge international university o‘z talabalariga maxsus bilim va qo‘shimcha taʼlim olish hamda hayotda o‘z yo‘lini tanlash uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

Cambridge international universityning o‘ziga xos xususiyati - Angliyada tan olingan va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan Pearson BTEC Foundation tomonidan tasdiqlangan diplomni olish imkonini beruvchi noyob taʼlim dasturidir. Bu o‘z navbatida bitiruvchilarimizga dunyoning 300 dan ortiq universitetlariga kirish imkonini beradi. Bundan tashqari, Cambridge international university bir qator milliy universitetlar bilan hamkorlik qiladi, bunda talabalar o‘zlari tanlagan taʼlim dargohi va yo‘nalishning 2-kursigan o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Cambridge international universityning kuchli yadrosi bu uning o‘qituvchilar tarkibidir. Barcha oʻqituvchilar maxsus tayyorgarlikdan oʻtib, Angliya, Amerika va ko‘plab boshqa xorijiy universitetlarda tahsil olishgan. Oʻqituvchilarimiz oʻquvchilarimiz bilimini yaxshiroq oʻzlashtirish va salohiyatini rivojlantirish maqsadida oʻquv jarayoniga har tomonlama yordam berishga tayyor va qodir.Shuningdek, Cambridge international university iqtidorli talabalarning o‘z yutuqlarini yanada rivojlantirishga undash maqsadida stipendiyalar taqdim etish orqali ularni qo‘llab-quvvatlaydi.

Telefon:
(+998) 71-200-03-06
Sayt:
university.cambridge.uz
Pochta:
admissions@cambridge.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor, Navbahor 24 uy

Cambridge international university Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi
1 Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", "AT-servis", "Axborot xavfsizligi", "Multimedia texnologiyalari") 60610501 Bakalavr
2 Pedagogika 60110100 Bakalavr