Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti Birinchi jahon urushidan so‘ng 16 noyabrda Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida piyoda qo‘shinlari uchun komandirlar tayyorlovchi kurs sifatida tashkil etilgan. Fuqarolar urushi tugagandan so‘ng piyoda askarlar kurslari uch yillik o‘quv jarayoni bilan 11chi Nijniy Novgorod piyoda askarlar qo‘mondonlari tayyorlovchi maktabga aylantirilgan va 1924 yili birinchi bitiruvchilarini chiqargan.
1934 yilning kuzida esa dastlabki tankchi komandirlar tayyorlanib, Qurolli Kuchlar safiga jo‘natildi. 1938 yilning mart oyida maktab Xarkov shahriga ko‘chirilgan. 1941 yilning avgust-sentyabrda Xarkov harbiy okrugi shtabi ko‘rsatmasiga binoan bilim yurti O‘zbekistonga ko‘chirilgan: 1941 yilning 15 noyabrida Xarkov bilim yurti 2535 nafar kursant va ofitserlar bilan Chirchiq shahriga kelib joylashgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida bilim yurti 35 marotaba bitiruvchilar chiqarib, frontga 7500 nafar ofitser kadrlar tayyorlab bergan.
1947 yili esa bilim yurtiga Toshkent bilim yurti nomi berilgan. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi bilim yurti faoliyatiga ham taʼsir ko‘rsatmay qolmadi. 1993 yilda bilim yurtiga Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti nomi berildi.
Bugungi kunda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “Tank qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi”, “Havo-desant qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi”, “Terrorizmga qarshi kurash bo‘linmalari taktik qo‘mondonligi”, “Maxsus operatsiya kuchlari bo‘linmalari taktik qo‘mondonligi”, “Zenit-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi”, “Tank qo‘shinlari taktik muhandisligi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ofitser kadrlar tayyorlanadi.
- Telefon:
-
(+998) 70-716-25-28
- Sayt:
- Pochta:
- Manzil:
- Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 1 daha, 15 uy, pochta indeksi: 111715