Oliy ta'lim muassasasi

“Collegium Numanum” Varshava menejment universiteti Andijon filiali

Collegium Humanum Varshava menejment universiteti - shtab-kvartirasi Varshavada joylashgan xususiy Yevropa universiteti. Universitetning Poznan, Rzeshov, Praga, Frydek-Mistek, Bratislava va Andijon shaharlarida filiallari mavjud. Universitet bakalavriat va magistratura dasturlarini, shuningdek, BBA, MBA, DBA, LL.M, MPH dasturlarini olib boradi.

Filial nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.Filialda o‘qitish “Collegium Humanum” Varshava menejment universiteti (Polsha Respublikasi) (Muassis) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq kunduzgi ta’lim shaklida, ingliz, rus va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Collegium Humanum Varshava menejment universiteti - xalqaro taʼlim muassasasi bo‘lib, ijodiy va o‘ta iqtidorli yoshlarning ehtiyojlariga javoban yaratilgan noyob taʼlim dasturi bilan raqobatchilardan ajralib turadi.

Nufuzli Yevropa diplomi, Erasmus+ va boshqa almashinuv dasturlari, shuningdek, Collegium Humanum universitetida olingan yuqori darajadagi ta’lim va kasbiy bilimlar kelajakda talabalar uchun cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi.Talabalar menejmentning turli yo‘nalishlari, jumladan, xalqaro maydonda biznes yuritish, xususan, o‘z biznesini boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar va zamonaviy bilimlarga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, dasturning bir qismi chet tillarini chuqur o‘rganish, Yevropa kompaniyalarida amaliyot o‘tash, xalqaro madaniy almashinuv dasturlari, ta’lim grantlari, yangi boshlanuvchi tadbirkorlarni universitet tomonidan qo‘llab-quvvatlash va boshqalar.

 

Bakalavr taʼlim yo‘nalishlari:

  • Mobil va raqamli marketing
  • Biznes va xalqaro marketing
  • Brendni boshqarish (PR, brending, reklama va ijtimoiy media)
  • Logistika, ekspeditorlik va taʼminot zanjirini boshqarish
  • Marketing va sotishni boshqarish
  • Xavfsizlikni boshqarish va kiberxavfsizlik
  • Maʼlumotlarni boshqarish va katta maʼlumotlarni tahlil qilish
  • Turizm, mehmonxona biznesi va umumiy ovqatlanish sohasida menejment va marketing
  • IT boshqaruvi va raqamli dizayn
  • Kichik va o‘rta korxonalarni boshqarish
  • Moliyaviy menejment va buxgalteriya
  • Inson resurslarini boshqarish (HR)

Telefon:
(+998) 90-203-20-00
Sayt:
collegiumhumanum.uz
Pochta:
rektorat@humanum.uz
Manzil:
Andijon viloyati, Asaka tumani, Zarbdor MFY, Ergashobod ko‘chasi, 47-uy

“Collegium Numanum” Varshava menejment universiteti Andijon filiali Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi