Oliy ta'lim muassasasi

Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3995-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona instituti O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti etib qayta tashkil etildi hamda bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim hamda ilmiy-metodik muassasa sifatida belgilandi.

Institutda bojxona ishi sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda o‘qitish tizimini takomillashtirish maqsadida bojxona organlari uchun kadrlarni bazaviy va amaliy professional tayyorlash, shuningdek, o‘rnatilgan tartibda stipendiya to‘lash, moddiy taʼminot belgilashni taʼminlagan holda ikki bosqichli, yaʼni o‘qish muddati 4 yildan iborat bo‘lgan “Bojxona ishi” va “Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy taʼminlash)” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni hamda o‘qish muddati 1 yil bo‘lgan “Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)” va “Soliq va bojxona huquqi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlarni tayyorlash amalga oshiriladi. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha nomutaxassislik fanlarining hajmini kamaytirish va mutaxassislik fanlari hajmini oshirish hisobidan uch yillik nazariy kurs hamda hududiy bojxona boshqarmalarida bir yillik stajirovka o‘tashdan iborat o‘qitish tizimiga o‘tildi. Institutga har o‘quv yilida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga 150 nafar kursantlar qabul qilinadi. Magistraturaga qabul esa belgilangan kvotalar doirasida amalga oshiriladi.

Telefon:
(+998) 71-202-99-90
Sayt:
uzbi.uz
Pochta:
bi@customs.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Qozirobod 2-tor ko‘chasi, 118 uy, pochta indeksi: 100071

Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi