Oliy ta'lim muassasasi

“D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent filiali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi PQ-4352-son qarori bilan Toshkentda "D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining filiali tashkil etilgan.

Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:

  • respublikaning sanoat tarmoqlaridagi muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlash;
  • nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi, materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash, materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi va sanoat ishlab chiqarishining boshqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • ta’lim hamda ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi, shuningdek, ularni jahon ta’limi va ilm-fani hamjamiyatiga integratsiya qilish hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • muhandis-texnik va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yangi ta’lim dasturlari hamda o‘qitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
  • ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini faol takomillashtirish;
  • ta’lim hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyati bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Filialda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlangan.

Filialda quyidagi taʼlim yo‘nalish va mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlanadi:

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari

  • Materialshunoslik, nanomateriallar va nanotizimlar texnologiyalari;
  • Materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi;
  • Sinetetik biologik faol moddalar, kimyo-farmatsevtika preparatlari va pardoz vositalari texnologiyasi;
  • Texnologik jarayon va ishlab chiqarish xavfsizligi.

Magistratura mutaxassisliklari

  • Materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash;
  • Nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi.

Filialga qabul kvotalari manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olib, Universitet hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

Davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari respublika tashkilotlariga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Telefon:
(+998) 78-140-74-08
Sayt:
Pochta:
info@muctr-tashkent.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uy

“D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent filiali Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi