Farg‘ona davlat universiteti
Tarix, Filologiya, Pedagogika, Tabiiy geografiya, Fizika-matemetika, Ijtimoiy-iqtisodiyot, Jismoniy madaniyat, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim, Farg‘ona davlat universiteti
Farg‘ona davlat universiteti tarixi
Farg‘ona davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtidir.
Farg‘ona davlat universitetiga 1930 yil 1 mayda Farg‘ona pedagogika instituti sifatida asos solingan.O‘zbekiston hukumatining qaroriga muvofiq 1991 yil 1 martda Farg‘ona davlat universiteti tashkil etilgan.
1992 yil 30 dekabrda «Farg‘ona davlat universitetining Ustavi» ishlab chiqildi va Ilmiy Kengash tomonidan tasdiqlandi. Farg‘ona davlat universiteti tashkil etilgan yilda uning tarkibida 15 fakultet bo‘lib, 67 kafedra faoliyat olib borgan. Universitetda 34 ta mutaxassislik bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlangan. Shu yili kunduzgi bo‘limda 5054 nafar, kechki bo‘limda 115 nafar va sirtqi bo‘limda 3907 nafar, jami 9076 nafar talaba tahsil olgan.
1930 yilda tashkil topgan bu maʼrifat maskani o‘z davrida O‘zbekistonning dastlabki oliy pedagogika o‘quv yurtlaridan biri edi. O‘tgan yillar davomida bu ziyo o‘chog‘i murakkab va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Uning boy ijodiy va tarixiy yo‘li Farg‘ona vodiysi, qolaversa, butun respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida o‘ziga xos o‘chmas tarixiy iz qoldirdi.
- Telefon:
-
(+998) 73-244-44-02
- Sayt:
- www.fdu.uz
- Pochta:
- fardu_info@umail.uz
- Manzil:
- Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19- uy, pochta indeksi: 150100