Oliy ta'lim muassasasi

Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti

Fargʻona shahrida joylashgan Oʻzbekiston Koreya xalqaro universiteti – Janubiy Koreya taʼlim tizimi andozalariga asoslangan holda, bakalavr bosqichi boʻyicha yuqori sifatli taʼlim dasturini taklif etadi.

Universitet 2019-yilda Fargʻona shahrida tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kunga qadar 11 ta mutaxassislik boʻyicha 4 yillik taʼlim standarti doirasida xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Oʻquv jarayonlari toʻliq ravishda koreyalik yetakchi professor-oʻqituvchilar tomonidan olib borilib, taʼlim tillari koreys va oʻzbek tilidan iborat.

Universitet Oʻzbekistonda AKKREDETATSIYAdan oʻtgan oliygohlar qatoriga kiritilib, Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tasdiqlangan. Taʼlim dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Koreya Xalqaro universiteti 3+1 tizimga asoslanganligi sababli, talabalar bakalavr bosqichining 3 yilini Oʻzbekistonda, 1 yilini esa Janubiy Koreyadagi:

  1. Seojeong
  2. Shinhan
  3. Kookmin
  4. Seokyeong
  5. Sun Moon

kabi hamkor universitetlarning birida oʻqish imkoniga egadirlar. Shu orqali ularga ikki tomonlama – ham Oʻzbekiston, ham Janubiy Koreyada taʼlim olgan universitetining bakalavr darajasidagi diplomlari taqdim etiladi. Eng ahamiyatlisi, TOPIK darajasiga muvofiq talabalarning Koreyada oʻqishlari uchun turli miqdordagi stipendiyalarni qoʻlga kiritishlari belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, ularning 3+1 dasturi boʻyicha Koreya universitetlarida oʻqishga borishlari va hujjat topshirish jarayonlari va u yerda sifatli taʼlim olishlari KIUF universiteti tomonidan qonuniy tarzda qoʻllab-quvvatlanadi va koʻmaklashiladi.

Universitetning boshqa oliy taʼlim muassasalaridan farqi uning faqatgina 3+1 dasturiga ega ekanligi emas, balki talabalarga 4 yil davomida uzluksiz ravishda professional darajada koreys tilining oʻqitilib borilishi, talabalar amaliyotining Koreya bilan bogʻliq va Oʻzbekiston hududida joylashgan muassasalarda olib borilishi va ish bilan taʼminlashga amaliy koʻmaklashish kabilarni ham keltirib oʻtish zarur.

Ta’lim yo‘nalishlari:

  • Arxitektura muhandisligi
  • Avtomobilsozlik muhandisligi
  • Elektrotexnika va elektronika muhandisligi
  • Ingliz filologiyasi
  • Internet va axborot-kommunikatsiya
  • Kimyo muhandisligi
  • Koreys tili
  • Maktabgacha ta’lim
  • Mashinasozlik muhandisligi
  • Menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi
  • Qurilish muhandisligi
  • Turizm menejmenti
  • Xalqaro savdo

Telefon:
(+998) 95-401-94-54
Sayt:
kiuf.uz
Pochta:
info@kiuf.uz
Manzil:
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 55/3- uy

Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi