
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot institutida taʼlim jarayoni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar hamda xorijdan mutaxassislarni jalb etgan holda yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib boriladi. FTTIda tahsil olgan bitiruvchilar turli mulkchilik shaklidagi dorixonalarda, dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalarida, nazorat tahlil laboratoriyalarda, sud-kimyo ekspertizasi laboratoriyalarida va boshqa farmatsevtika sohasidagi muassasalarda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hukumatimiz tomonidan nodavlat taʼlim muassasalari uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar asosida institut jamoasi farmatsevtika sohasida eng so‘nggi yangiliklardan boxabar, yetuk mutaxassis bo‘lishni orzu qilgan iqtidorli mahalliy va xorijiy talabalarni qabul qilishni niyat qilgan. Institut quyidagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qish imkoniyatini taqdim etadi:
Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari:
- Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - 5 yil
- Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – 4 yil
Magistratura mutaxassisliklari – (2 yil):
- Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
- Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
- Dorilarning sanoat texnologiyasi;
- Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
- Eksperimental va sport farmakologiyasi.
- Telefon:
-
(+998) 97-139-00-50
- Sayt:
- ftti.uz
- Pochta:
- iper@ftti.uz
- Manzil:
- Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 19-mavze, 46- uy