Oliy ta'lim muassasasi

Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali

Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali Prezidentning 2018 yil 11 maydagi PQ-3714-son Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tashkil etilgan.

Filial Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning alohida tarkibiy bo‘linmasi hamda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, ta’limning kelishilgan asosiy yo‘nalish (mutaxassislik)lari bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Filialda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda “MISiS” MTTU tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi “MISiS” MTTU tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ayni paytda filialda nafaqat Oʻzbekiston, balki Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi fuqaro – yoshlari ham 3 ta — “Konchilik ishi”, “Metallurgiya” hamda “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” yoʻnalishlarida tahsil olishmoqda.

Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  • respublikaning ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘i uchun muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash;
  • metallurgiya, konchilik ishi va sanoat ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • mutaxassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ta’lim va fanning uzviyligi hamda uzluksizligi, shuningdek, jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga majburiy integratsiya hisobiga rivojlantirish;
  • muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yangi ta’lim dasturlari hamda o‘qitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish-sanoat faoliyati bilan uzviy integratsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalarni va o‘qitish uslublarini faol takomillashtirish;
  • ta’lim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan “MISiS” MTTUning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Telefon:
(+998) 70-614-22-83
Sayt:
misis.uz
Pochta:
afnitumisis@mail.ru
Manzil:
Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur ko‘chasi, 56-uy, pochta indeksi: 100127

Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi