Oliy ta'lim muassasasi

Guliston davlat universiteti

Tabiatshunoslik, Ijtimoiy- iqtisodiy, Pedagogika, Fizika- matematika, Chet tillari, Jismoniy tarbiya, Guliston davlat universiteti

Guliston davlat universiteti tarixi

Hozirgi Guliston davlat universiteti 1965- yilda ilk marta ish boshlagan Sirdaryo davlat pedagogika instituti (SDPI) negizida tashkil etilgan. Ko‘pmillatli ko‘hna Mirzacho‘l hududida o‘zbek, qozoq, rus, tojik maktablari mavjud bo‘lib, ularda pedagoglar, fan mutaxassislari yetishmasligi o‘lkada oliy taʼlim muassasasining tashkil etilishiga asos bo‘lgan. Dastlabki yili institutda 1ta fakultet (filologiya)ga 400 nafar talaba qabul qilingan. Jami 5ta kafedra mavjud bo‘lgan. Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, fakultetda o‘zbek, rus, qozoq tili va adabiyoti, xorijiy tillar bo‘limlari ochilgan. Dastlabki yili institutda 30 nafar o‘qituvchi (shundan 5 nafar fan nomzodi) faoliyat yuritgan.

Birinchi o‘n yillikda institutning poydevori qurilib, yangi fakultetlar : matematika, fizika, jismoniy tarbiya, sirtqi bo‘limlar, kutubxonachilik, boshlang‘ich taʼlim, tarix yo‘nalishlari ochildi. 1976- yilgacha institut xalq xo‘jaligiga va taʼlim tizimiga 3200 mutaxassis tayyorlab bergan. Ilmiy darajasi bor o‘qituvchilar 5 nafardan 39 nafarga yetgan. Anqoboy Quljonov, Xudoyberdi Doniyorovlar institut dargohida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ikkinchi o‘n yillikda dars jarayonlarini texnik vositalar bilan taʼminlashga asosiy eʼtibor qaratilgan. Jumladan, telemarkazning ishga tushishi, texnik vositalar orqali dars o‘tish, teleekranlarda namoyish qilish orqali kirish imtihonlari, davlat imtihonlari qabul qilish tajribasi respublikadagina emas, sobiq sho‘ro davlatida ham katta qiziqish uyg‘otgan. Fakultetlar safiga pedagogika, hamda tarix va boshlang‘ich taʼlim uslubiyati fakulteti ham qo‘shilgan, biologiya yo‘nalishi bo‘lim sifatida ochilgan. Ilmiy salohiyat ham o‘sgan. 1 ta doktorlik, 25 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan.

Uchinchi o‘n yillik Guliston shahrida hozirgi universitet yangi binosi qurib bitkazilishi bilan yodda qoldi. Yorug‘ va shinam o‘quv xonalari, zamonaviy usulda jihozlangan kabinetlar, laboratoriyalar, kafedralar har qanday taraqqiy topgan xorijiy davlat ham havas qilsa arzigulik holda edi.

Guliston davlat universiteti mustaqillik yillarida

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, kadrlar tayyorlash, taʼlim-tarbiya jarayonlarini takomillashtirishga katta eʼtibor berila boshladi. Milliy hurriyat eʼlon qilinganiga yarim yil ham o‘tmay, aniqrog‘i 1992- yilning fevralida bir qator viloyatlarda, jumladan, Sirdaryo viloyatida ham universitet tashkil etish haqida qaror qabul qilindi.

Bugungi kunda universitetda beshta: Filologiya, Fizika-matematika, Pedagogika, Tabiatshunoslik va Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetlari va 21 ta kafedra faoliyat ko‘rsatayapti.

Ayni vaqtda universitet bo‘yicha jami 4 ming 953 nafar talaba bilim olayotgan bo‘lib, ularga 402 nafar professor-o‘qituvchi taʼlim bermoqda. . Professor-o‘qituvchilarning 7 nafari fan doktori va 100 dan ortig‘i fan nomzodi hisoblanadi. Talabalarning chuqur va har tomonlama bilim olishlari uchun zarur moddiy-texnika bazasi ortig‘i bilan yaratilgan. Axborot resurs markazining maʼlumotlar bazasida 4 mingdan ortiq elektron kitob va o‘quv qo‘llanmalari mavjud. Bundan tashqari talabalar universitet veb sahifasidan barcha kerakli maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega. Universitet veb sahifasiga darsliklar, maʼruza matnlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va boshqa maʼlumotlar joylashtirilgan.

Universitetda dunyoning nufuzli taʼlim dargohlaridagi kabi laboratoriyalarning rivojlanishiga ham katta eʼtibor berilmoqda. Mavjud laboratoriyalarning umumiy maydoni 2008 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu har bir talabaga 4.5 kvadrat metr to‘g‘ri kelishini bildiradi. Hammasi bo‘lib 25 ta o‘quv xonasi laboratoriya sifatida jihozlangan, 1 ta o‘quv xonasiga lingafon tizimi joriy etilgan.

Talabalarning Internet tarmog‘idan foydalanishi va universitet doirasida lokal elektron kutubxonani tatbiq etish uchun keng masshtabli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitetda 30 ta kompyuter sinfi bo‘lib, ularda 700 dan ortiq kompyuter mavjud, shundan 400 tasi internet tarmog‘iga ulangan. Bu har 7 nafar talabaga 1 ta kompyuter to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.

Ayni kunlarda universitetda 8 ta fakultet, 27 kafedra 450 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Universitetda so‘ngi to‘rt yilda 2 ta yangi fakultet, 6 ta yangi kafedra, 10 dan ortiq yangi yo‘nalishlar ochildi. Shuningdek, 10 ta magistratura yo‘nalishlari tashkil etildi. Universitetning kunduzgi, sirtqi, kechki bo‘limlarida 13 770 nafar bakalavr va magistrlar tahsil olmoqdalar. So‘ngi 3 yilda 32 nafar dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi.

Telefon:
(+998) 67-225-40-42
Sayt:
guldu.uz
Pochta:
glsu_info@edu.uz
Manzil:
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 4- mittitumani, pochta indeksi: 100031

Guliston davlat universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma