Oliy ta'lim muassasasi

G. V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti haqli ravishda jahonda nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. 1907 yilda tashkil topgan bu oliy o‘quv yurti o‘zining mashhur ilmiy maktabi, eng zamonaviy taʼlim uslubi, bitiruvchilarining mehnat bozorida yuqori raqobatdoshligi bilan tanilgan.

Bu o‘rinda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining taʼlim yuqori samaradorligini oshirishda erishayotgan muvaffaqiyatlarida uning Toshkent shahridagi filiali professor va o‘qituvchilarining ham hissasi borligini taʼkidlash kerak. 1995 yilda tashkil etilgan Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali mustaqil O‘zbekistondagi birinchi xorijiy oliy taʼlim muassasasi bo‘ldi.

O‘tgan chorak asr davomida filialni 3518 nafar jahon darajasidagi yuqori malakali iqtisodchi kadrlar, shu jumladan 2718 bakalavr va 800 magistr bitirib chiqib, O‘zbekiston iqtisodiyoti barcha sohalarida samarali faoliyat olib bormoqda.

Taʼlim muassasasida iqtisodiyot, biznes va moliya fakultetlari, 6 ta kafedra mavjuddir. Bo‘lajak iqtisodchi kadrlarni tayyorlash bo‘yicha umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga asoslangan taʼlim dasturlarini yuqori malakali professor va o‘qituvchilar amalga oshirmoqdalar. Ularning 70 foizidan ko‘prog‘i fan doktorlari va nomzodlaridir.

Filialda uchta – “Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti”, “Iqtisodiy nazariya”, “Moliya va kredit” ilmiy maktablari ish olib bormoqda. Ularning ilmiy izlanishlari natijalari, yaratgan darsliklari va o‘quv qo‘llanmalaridan O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalarida keng foydalanib kelinmoqda.

Telefon:
(+998) 71-262-43-50
Sayt:
Pochta:
info@reu.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och mavzesi, Shahriobod ko‘chasi, 3 uy

G. V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi