Oliy ta'lim muassasasi

Hadis ilmi maktabi

hadis ilmi maktabi, diniy bilim yurtlari, diniy oliygohlari, diniy oliy bilim yurtlari, samarqanddagi diniy bilim yurtlari, samarqand viloyatidagi oliygohlari

HАDIS ILMI MАKTАBINING MАQSАDI VА VАZIFАLАRI

Hadis ilmi maktabining asosiy maqsadi – Islom dini, Qurʼoni karim va hadis shariflarning asl mohiyatini, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʼshgan vatandoshlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Haysam Shoshiy, Аbdulhamid Keshiylar hamda yirik olti hadis toʼplamining asoschilari Imom Muslim, Imom Nasoiy, Imom Аbu Dovud, Imom ibn Mojalarning ulkan ilmiy merosini oʼrganish, ular tomonidan asos solingan hadis maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish, ulamolarning boy ilmiy asarlarini tadqiq qilish orqali xalqimiz va keng jamoatchilikka yetkazish va targʼib qilish, xususan hadis va unga doir ilmlarni chuqur oʼzlashtirgan yetuk mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Hadis ilmi maktabining asosiy maqsadini roʼyobga chiqarish uchun oliy maʼlumotli Hadis ilmi, diniy fanlar mutaxassisi va arab tili oʼqituvchisi boʼyicha mutaxassis tayyorlash, shuningdek, hadis ilmi, diniy fanlar va arab tili boʼyicha taʼlim berish;

shaxsning intellektual, madaniy va maʼnaviy-axloqiy kamol topishiga boʼlgan ehtiyojlarini diniy taʼlim olish orqali erishishni qondirish;

talabalarni maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan oʼstirish, yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash bilan bir qatorda ularning jismoniy rivojlanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish;

Hadis ilmi maktabi oʼquv-tarbiya jarayonini yurtimizda asrlar davomida shakillangan tajribalar bilan bir qatorda zamonaviy talablar asosida tashkil qilish;

jahon sivilizatsiyasi tarixida islom dinining tutgan oʼrnini tadqiq etish, mintaqa va mamlakatimizdagi islomning roli va ahamiyatini oʼrganish, rivojlanish yoʼnalishlari, gʼoyalari va qonuniyatlarini nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil etish;

qonunda belgilangan tartibda ajdodlarimizning boy diniy-maʼrifiy, ilmiy merosini tiklash, chuqur oʼrganish, tahlil etish va rivojlantirish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning maʼrifiy-madaniy rolini va rivojlanish yoʼnalishlarini ilmiy asosda tadqiq etish va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida islomshunoslik, xususan hadisshunoslik boʼyicha ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, oʼquv dasturi, qoʼllanmalar va davriy nashlar yaratish hamda ularni nashr etish;

milliy oʼzligimizni anglash, bugungi kunda oʼsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda buyuk allomalarimiz boy merosining ajralmas qismi boʼlgan hadis oʼgitlaridan foydalangan holda Oʼzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda turkum telekoʼrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash;

taʼlim standarti va malaka talablariga muvofiq fanlarni oʼqitish maqsadida respublika va xorijdagi yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, sohaning yetuk mutaxassis-oʼqituvchilarini jalb qilish;

Oʼzbekiston musulmonlari idorasi rahbarligida hadis ilmi, diniy fanlar mutaxassisi va arab tili oʼqituvchisi mutaxassisligi boʼyicha malakali kadrlar tayyorlash borasida jahondagi nufuzli oliy taʼlim va ilmiy muassasalarning tajribasini atroflicha oʼrganish, tahlil etish maqsadida mazkur muassasalar bilan hamkorlik qilish;

diniy sohani oliy diniy maʼlumotga ega boʼlgan kadrlar bilan taʼminlash va kadrlar zaxirasini yaratib borish.

HАDIS ILMI MАKTАBIDАN KUTILАYOTGАN NАTIJА

Qadimdan hadis ilmi hamda muhaddislar markazi boʼlib kelgan Movarounnahrning avvalgi shon-shuhratini hamda xozirda nufuzli taʼlim muassasalarining oʼquv jarayonlarida tatbiq qilinib kelinayotgan qadimgi Buxoro va Samarqand madrasalaridagi oʼqitish anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish;Xorijiy mamlakatlaridagi Hadis maktablari bilan raqobatlasha oladigan taʼlim maskani yaratish;xalqaro miqyosda hadis boʼyicha oʼtkaziladigan ilmiy anjuman va konferentsiyalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan, uning ilmiy salohiyatini dunyoga tarannum etadigan yetuk mutaxassislar tayyorlash;milliy oʼzligimizni anglash, islom dini, ayniqsa hadislarning insonparvarlik mohiyatini, uning maʼnaviy-maʼrifiy rolini ilmiy asosda oʼrganish, bugungi kunda oʼsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda buyuk allomalarimiz boy merosining ajralmas qismi boʼlgan hadis oʼgitlaridan foydalanishni targʼib etuvchi ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, oʼquv dasturi, qoʼllanmalar va davriy nashlar nashr etish hamda turkum telekoʼrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash.

HАDIS ILMI MАKTАBIDА TАЪLIM JАRАYONINI TАSHKIL ETISH

Hadis ilmi maktabida oʼqish muddati 5 yil, taʼlim kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, bitiruvchilarga mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichidada oʼqish huquqini beruvchi hadis ilmi, diniy fanlar mutaxassisi va arab tili oʼqituvchisi mutaxassisligi boʼyicha bakalavr darajasidagi diplom beriladi.

Maktabga arab tilini puxta oʼzlashtirgan, hadislarni yod olishga salohiyati ega oʼrta maxsus diniy taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari saralab olinadi.

Hadis ilmi maktabida oʼquv jarayonlarinini shakllantirishda qadimgi Buxoro, Samarqand, Xiva, Qoʼqon va boshqa madrasalar madrasalaridagi oʼqitish anʼanalari joriy qilish bilan bir qatorda quyidagi nufuzli xorijiy taʼlim muassasalarining tajribalari oʼrganildi:

  • Misr Аrab Respublikasidagi Аl-Аzhar universiteti;
  • Mavritaniyadagi Hadis ilmi mutaxassislarini tayyorlash markazi;
  • Turkiyadagi Marmara universiteti;
  • Pokistondagi Dorul ulum universiteti.

Telefon:
(+998) 66-240-20-51
Sayt:
muhaddis.uz
Pochta:
hadisilmimaktabi@mail.ru
Manzil:
Samarqand viloyati, Payariq tumani, Xo‘ja Ismoil shaharchasi, pochta indeksi: 141306

Hadis ilmi maktabi Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi