Oliy ta'lim muassasasi

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining Toshkentdagi filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning respublikada neft-gaz va neft-gazkimyo sanoatida yuqori malakali, oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni yana-da rivojlantirish va takomillashtirish hamda oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2007 yilning 12 yanvardagi Prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Filialning asosiy vazifasi respublikaning neft va gaz tarmog‘iga I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetida qabul qilingan, umum xalqaro talablarga mos keluvchi taʼlim dasturiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari talablariga mos keluvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdir.

Filial I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining alohida tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, barcha darajadagi mutaxassislar, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti hisoblanadi.

Filial faoliyati O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti tomonidan belgilangan talab va muddatlarga asosan amalga oshiriladi.

Filialda o‘qitish I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda Filialda 45 nafar mahalliy o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 4 nafari fan doktori va 15 nafari fan nomzodlari. Shuningdek, o‘quv jarayoniga I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti mutaxassislari ham jalb etilgan.

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetini tamomlagan Filial bitiruvchilariga beriladigan diplom O‘zbekiston Respublikasida oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filialida davlat granti asosida o‘qigan bitiruvchilar respublika neft-gaz sanoati korxonalari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlash sharti bilan ishga taqsimlanadi.

Universitet O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha neft va gaz kompaniyalarida ishlayotgan bitiruvchilaridan haqli ravishda faxrlanadi.

Bugungi kunda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti zamonaviy innovatsion oliy o‘quv yurti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasida oliy texnik taʼlim yetakchilaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan Filial 2011 yilda «O‘zbekneftgaz» milliy holding kompaniyasi tarkibiga kiritilgan.

Telefon:
(+998) 71-262-70-91
Sayt:
Pochta:
info@gubkin.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 34 uy

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi