Oliy ta'lim muassasasi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti O‘zbekis­ton musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy o‘quv yurti bo‘lib, Islom ilmlari va asoslarini chuqur egallagan, dinlar tarixi va nazariyasini o‘zlashtirgan, sof islomiy eʼtiqod bilan yo‘g‘rilgan oliy maʼlumotli diniy kadrlar tayyorlaydi.

O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy bosh­qarmasi raisi, sobiq muftiy Ziyovuddinxon Eshon Boboxon o‘g‘li tashabbusi bilan 1971 yil 1 oktyabrda tashkil etilgan. 

Dastlab “Oliy diniy madrasa” deb nomlanib, “Namozgoh” masjidida faoliyat yuritgan.

1974 yilda Imom Buxoriy tavalludining 1200 yillik tantanalari keng nishonlanishi munosabati bilan buyuk yurtdoshimizning nomi berilib, “Oliy maʼhad”, yaʼni Toshkent islom instituti deb yuritila boshlandi.

Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, SSSRning Yevropa qismi va Sibir musulmonlari diniy boshqarmalarining kadrlari ham shu yerda tahsil oldi.

2007 yili institutning yangi binosi foydalanishga topshirildi. 2021 yili 4 qavatli yotoqxona binosi ham qurib bitkazildi.

Telefon:
(+998) 71-227-42-37
Sayt:
Pochta:
islom-instituti@umail.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47-uy

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi