Oliy ta'lim muassasasi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Turizm sohasida oliy taʼlim muassasasini ochish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan Sakkizlik sammitida ilgari surilgan edi. Buning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 28- iyundagi 3815-sonli qarori bilan xalqaro maqomga ega birinchi davlat universiteti tashkil etildi.

Universitetda bakalavrlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha taʼlim olishadi:

Bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha dasturlari:

  • Professional taʼlim (turizm);
  • Turizm sohasida marketing;
  • Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha: raqamli turizm);
  • Turizmda loyihalashtirish;
  • Turizm faoliyatida logistika;
  • Ommaviy tadbirlar menejmenti;
  • Gid-ekskursovod va tarjimonlik faoliyati;
  • Menejment (rekreasiyalar va sayohatni boshqarish);
  • Menejment (turistik biznesni boshqarish);
  • Menejment (mehmonxonalarni boshqarish);
  • Menejment (merosni boshqarish);
  • Menejment (xalqaro mehmondo‘stlik va turizmni boshqarish);
  • Menejment (restoran biznesini boshqarish).

Bakalavriatning sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha dasturlari:

  • Turizm sohasida marketing;
  • Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha);
  • Turizm sohasida xizmat ko‘rsatish texnologiyasi va ularni tashkil etish;
  • Ommaviy tadbirlar menejmenti;
  • Gid-ekskursovod va tarjimonlik faoliyati.

Magistratura dasturlari:

  • Turizm, mehmonxonalar va ommaviy tadbirlarni boshqarish;
  • Xalqaro mehmondo‘stlik va turizm sohasida menejment;
  • Iqtisodiyot va turizmni boshqarish.

2019 - yildan boshlab “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida bakalavriat uchun ikki diplomli qo‘shma taʼlim dasturlari tatbiq etilib kelmoqda - 3+1 (Double degree):

  • Jakarta Sahid politexnika universiteti, (Indoneziya, Jakarta) – Turizmni boshqarish.
  • Jakarta Sahid politexnika universiteti, (Indoneziya, Jakarta) – Turizm va ommaviy tadbirlarni boshqarish.
  • Surakarta Sahid turizm instituti, (Indoneziya, Surakarta) – Pazandachilik menejmenti.
  • Guilin universiteti (Xitoy) – Mehmonxona ishi.

Telefon:
(+998) 66-240-67-68
Sayt:
www.univ-silkroad.uz
Pochta:
info@univ-silkroad.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17 uy, pochta indeksi: 140104

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma