Oliy ta'lim muassasasi

IT Park Univesity

Universitet masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Vazirlar mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi qarori bilan universitet o‘z taʼlim faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Universitetda taʼlim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.

IT-park va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bo‘yicha jahondagi yetakchilardan biri bo‘lgan EPAM Systems O‘zbekistondagi birinchi yangi formatdagi universitetning asoschilari hisoblanadi. Endilikda mamlakatimizning barcha hududlaridagi talabalar Toshkentga kelmasdan IT-mutaxassisligiga ega bo‘lishlari mumkin.

Universitetda o‘qitish axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofaviy taʼlim shaklida olib boriladi, shuningdek, “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq boshqa taʼlim shakllarida ham amalga oshirilishi mumkin.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitet tomonidan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Bakalavriat dasturlari informatika asoslari, shuningdek, jamoada ishlash va loyihani amalga oshirishning muhim ko‘nikmalarini shakllantiradi. Dasturiy taʼminot muhandisligidagi barcha asosiy mavzularni qamrab olgan bizning dasturlarimiz, IT sohasida muvaffaqiyatli karyera uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar va amaliy tajribaga qaratilgan.

Bakalavriat dasturida taʼlim olish muddati 3 yilni tashkil etadi.Darslar ingliz tilida olib boriladi, shuningdek, talabalar ingliz tili bo‘yicha o‘z bilimlarini yana-da takomillashtirib borishlari mumkin.

Telefon:
(+998) 55-503-99-99
Sayt:
itpu.uz
Pochta:
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Navnihol MFY, Tepamasjid ko‘chasi

IT Park Univesity Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi
1 Dasturiy injiniring 60610600 Bakalavr