Oliy ta'lim muassasasi

Jizzax politexnika instituti

Avtotransport, Sanoat texnologiyasi, Binolar va muhandislik inshootlari injiniringi, Jizzax politexnika instituti

Jizzax Politexnika instituti tarixi

Jizzax Politexnika instituti haqiqiy ma’nodagi istiqlol farzandidir. Jizzax politexnika instituti 1992 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 11 mart 1992 yildagi 125-raqamli qarori bilan Toshkent arxitektura va qurilish instituti Jizzax filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Jizzax filiali hamda Toshkent avtomobil yo‘llari  institutining Jizzax filiallari negizida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

1977 yilda Jizzax shahrida Toshkent politexnika institutining Jizzax “Umumtexnika” fakulteti ochilgan bo‘lib, fakultet uchun 1818 o‘rinli maktab binosi, 100 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar uyi, o‘qituvchilar uchun 16 xonali uy va 3 ta kottedj ajratildi. Fakultet dekani etib dotsent N.YU.Tashlanov tayinlangan. Fakultet “Umumta’lim fanlari” va “Umumtexnika fanlari” kafedralari bazasida 21 o‘qituvchi, shulardan 4 nafari fan nomzodi bilan ish boshlagan. YAngi tashkil etilgan “Umumtexnika fakultetiga viloyat rahbariyati tomonidan Jizzax qurilish tresti homiy etib belgilangan.

1977-78 o‘quv yili uchun kunduzgi bo‘limga 100 nafar, kechki bo‘limga 75 nafar, sirtqi bo‘limga 25 nafar talaba, tayyorlov bo‘limga esa 100 nafar tinglovchi qabul qilingan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5- sentyabrdagi 699- sonli qaroriga binoan Jizzax politexnika institutiningtuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi. Fakultetlar soni 5 taga etkazildi, jumladan, Arxitektura va qurilish, Sanoat texnologiyalari, Avtotransport, Elektromexanika va radioelektronika, Servis fakultetlari.Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi.

Telefon:
(+998) 72-226-46-05
Sayt:
jizpi.uz
Pochta:
dgpi_info@edu.uz
Manzil:
Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Islom Karimov shoh ko‘chasi, 4- uy, pochta indeksi: 130100

Jizzax politexnika instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma