Oliy ta'lim muassasasi

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Prezident qarori (PQ–5227-son, 23.08.2021 y.) bilan tashkil etilgan.

Qarorga ko‘ra, Akademiya barcha taʼlim bosqichlarida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Akademiyada quyidagi yo‘nalishlarda oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi:

  • xalqaro va milliy mehnat standartlari;
  • mehnat huquqi;
  • inson huquqlari;
  • mehnat tibbiyoti;
  • ijtimoiy himoya va mehnat muhofazasi.

Akademiyada taʼlim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlangan.

Taʼlim o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Qabul parametrlari, abituriyentlarni qabul qilish tartibi, to‘lov-kontrakt qiymati hamda pedagog kadrlarning mehnatiga haq to‘lash miqdori O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Muassis) bilan kelishilgan holda Akademiya tomonidan tasdiqlanadi.

Akademiya bitiruvchilariga oliy taʼlim va professional taʼlim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Qarorga ko‘ra, har yili 20 nafardan kam bo‘lmagan, Akademiyaga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam taʼminlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarning farzandlari bepul (Muassis granti asosida) o‘qishga qabul qilinadi.

Telefon:
(+998) 71-265-01-64
Sayt:
www.atso.uz
Pochta:
info@atso.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Alisherobod MFY, Milliy bog‘ ko‘chasi, 7 uy

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi
1 Hayotiy faoliyat xavfsizligi 61020100 Bakalavr
2 Inson resurslarini boshqarish 60411400 Bakalavr