![“MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent filiali](https://static.akadem.uz/crop/3/6/1200__85_362547067.jpg?t=1673728535)
“MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent filiali
“MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 iyundagi “TOSHKENT SHAHRIDA “MEI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI” FEDERAL DAVLAT BUDJETI OLIY TAʼLIM MUASSASASI FILIALINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA”gi PQ-4350 sonli Qarori asosida tashkil etilgan.
Ushbu filialning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- mamlakatimiz energetika tarmog‘i uchun malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;
- zamonaviy taʼlim dasturlari va o‘qitish shakllarini ishlab chiqish;
- sohaga oid ilmiy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;
- taʼlim va ilmiy-texnik sohada yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan munosabatlarni rivojlantirish;
- ehtiyojga ko‘ra mazkur soha mutaxassislarining malakasini oshirish;
Filialning dastlabki taʼlim faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlangan.
Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etilgan “MEI” MTUning belgilangan turdagi diplomi beriladi.
- Telefon:
-
(+998) 71-246-80-96
- Sayt:
- mpei.uz
- Pochta:
- dalievkhs@yandex.ru
- Manzil:
- Toshkent shahri, Olmazor tumani, Yog‘du ko‘chasi, 1 uy, pochta indeksi: 100175