Oliy ta'lim muassasasi

Milliy rassomlik va dizayn instituti

Dizayn, Amaliy san’at, Tasviriy san’at, San’atshunoslik, Milliy rassomlik va dizayn instituti

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti O‘zbekiston Republikasi  birinchi Prezidenti I.A.Karimovning  1997-yil 23-yanvardagi  “O‘zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan,  1954 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti qoshida ochilgan rassomlik fakulteti negizida tashkil topdi. Institutni nafaqat jahon san’atining Ovro‘pacha yo‘nalishidagi, balki to‘la ma’noda sharqning boy merosini o‘zlashtirish asosida tashkil etilishini davrning o‘zi taqazo etgan edi. Oliy badiiy ta’limni yo‘lga qo‘yishni  mashhur rassomlar  R.Ahmedov, O.Tatevosyanlar boshlab berganlar.

Ushbu oliy ta’lim muassasasi jahonning eng ilg‘or ta’lim shakllarini mujassam etgan mukammal maktab sifatida 20 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, xorijiy oliy o‘quv yutrlari bilan o‘zaro hamkorlik va tajriba almashish haqida imzolangan shartnomalar doirasida xalqaro aloqalar ham rivojlanmoqda.

O’tgan qisqa vaqt oralig’ida institutda qator yangi yo’nalishlar shakllanib, o’z an’analariga ega bo’ldi. Dastlab “Rangtasvir”, “Amaliy san’at, “Grafika” ta’limi yo’nalishi bo’yicha ixtisos kadrlar tayyorlangan bo’lsa, keyinchalik, “San’atshunoslik”, 1997-yildan “Dizayn”, 2001-yildan “Kasbiy ta’lim (Professional ta’lim)” yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat bosqichida mutaxassis kadrlar tayyorlandi. 1999-yildan magistratura bosqichida mutaxassis kadrlar qabul qilinishi yo’lga qo’yilib, 2002-yildan oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash maqsadida Aspirantura bo’limi, 2010-yildan Katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar instituti tashkil etildi.

Institutda 4 ta fakultet (Tasviriy san’at, Amaliy san’at, San’atshunoslik, Dizayn) faoliyat ko’rsatib, ularda 15 ta (Dastgohli rangtasvir, Mahobatli rangtasvir, Teatr bezagi rangtasviri, Minniatyura va kitob grafikasi, Badiiy kulolchilik va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash, Haykaltaroshlik, Reklama va amaliy grafika, Chizmatasvir, Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi, Muzeyshunoslik, Libos dizayni, Interyerni loyihalash, Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy ta’lim, O’zbek va xorijiy tillar, Informatika va menejment) kafedralari  faoliyat ko’rsatmoqda. 2018-yildan institutda Taylanddagi Channapatana Xalqaro dizayn instituti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida Dizayn (interyerni loyihalash) hamda Dizayn (Libos va gazlamalar) taʼlim yoʻnalishlari, 2019-yildan Janubiy Koreya Respublikasi Kemyon universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida Dizayn (Libos va gazlamalar) taʼlim yoʻnalishilari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.

Telefon:
(+998) 71-255-18-92
Sayt:
Pochta:
info@mrdi.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi, 123- uy, pochta indeksi: 100000

Milliy rassomlik va dizayn instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma