Oliy ta'lim muassasasi

Namangan davlat chet tillari instituti

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 -iyundagi “Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan.

Quyidagilar institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:

  • xalqaro baholash dasturlaridan (PISA, TALIS, PIRLS) foydalangan holda o‘qitishning zamonaviy shakllari hamda metodlarini joriy etish, ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
  • o‘z ta’lim dasturlarini xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish;
  • chet tillarini o‘qitishning interfaol vositalarini ishlab chiqish va joriy etish hamda aholining keng qatlamlari o‘rtasida chet tillarini o‘rganishni ommaviylashtirishga ko‘maklashish;
  • ta’limni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, talabalarda sinxron, badiiy, ketma-ket hamda ilmiy-texnik tarjima ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • chet tillar bo‘yicha mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, axborot-resurs markazlarni zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash hamda ularni muntazam yangilab borish;
  • Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan, professor-o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish;
  • ta’lim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

Telefon:
(+998) 69-239-50-03
Sayt:
namsifl.uz
Pochta:
namdchti@edu.uz
Manzil:
Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, Yangiobod MFY, Saodat ko‘chasi, 28-uy

Namangan davlat chet tillari instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma