Namangan davlat universiteti
Filologiya, Pedagogika, Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat, Ijtimoiy-iqtisodiy, Fizika-matematika, Namangan davlat universiteti
Namangan davlat universiteti tarixi
Namangan davlat pedagogika instituti 1942-yilda Andijon o'qituvchilar instutitining shahobcha tarmog'i sifatida tashkil topgan va 1944-yilda Namangan o'qituvchilar institutiga, 1955-yilda SSSR Ministrlar Sovetinig 8-aprel 1955-yil 2867-qaroriga muvofiq O'zbekiston Ministrlar Sovetining 1955-yil 17-aprel A-112-qarori asosida Namangan davlat pedagogika instituti tashkil etilgan.
Namangan davlat universiteti 1992-yil 28-fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 356-sonli farmoniga muvofiq Namangan davlat pedagogika instituti negizida tashkil etilgan va 1992-yil 15-martda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining qarori bilan ro'yxatga olingan.
Joriy vaqtda universitetda 13 ta fakultet, 35 ta kafedra mavjud bo‘lib, 50 dan ortiq bakalavriyat yo‘nalishlari, 30 dan ortiq magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ta’lim-tarbiya ishlari olib borilmoqda.
- Telefon:
-
(+998) 69-228-85-25
- Sayt:
- namdu.uz
- Pochta:
- info@namdu.uz
- Manzil:
- Namangan viloyati, Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316- uy, pochta indeksi: 160119