
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Konchilik, Energo-mexanika, Kimyo-metallurgiya, Zarafshon umumtexnika, Olmaliq kon-metallurgiya, Navoiy davlat konchilik instituti
Navoiy davlat konchilik instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 7 iyuldagi PF-1203-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 26 iyuldagi 289 sonli Qarori bilan tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martdagi PQ-186 sonli “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi.
Universitet O‘zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya majmuining ustuvor rivojlanishini taʼminlash va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.
Fakultetlar
- Konchilik fakulteti
- Energo-mexanika fakulteti
- Kimyo-metallurgiya fakulteti
Taʼlim yo‘nalishlari
- Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
- Metallurgiya
- Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar (tarmoqlar bo‘yicha)
- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifatining menejmenti
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
- Konchilik ishi
- Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha)
- Konchilik elektr mexanikasi
- Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish
- Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)
- Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
- Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi
Mutaxassisliklar
- Metallurgiya (metall turlari bo‘yicha)
- Konchilik mashinalari va jihozlari
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)
- Foydali qazilma konlarini qazish (qazish usullari bo‘yicha)
- Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari bo‘yicha)
- Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish bo‘yicha)
- Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
- Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyasi
- Telefon:
-
(+998) 79-223-49-66
- Sayt:
- Pochta:
- info@ndki.uz
- Manzil:
- Navoiy viloyati, Navoiy shahri, G‘alaba shoh ko‘chasi, 27 uy, pochta indeksi: