Oliy ta'lim muassasasi

Navoiy davlat pedagogika instituti

Tarix, Pedagogika, Xorijiy tillar, Jismoniy tarbiya, Tabiatshunoslik, Fizika-matemetika, O‘zbek filologiyasi, Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti, Navoiy davlat pedagogika instituti

Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1983 yil 25 iyuldagi № 1392-sonli Farmoyishi, O‘zSSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining 1983 yil 27 iyuldagi  455-sonli Qarori bilan tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berilgan. Institut tarkibida 2 ta fakultet (Fizika-matematika, O‘zbek tili va adabiyoti) faoliyat olib borgan.Hozirgi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 8 ta fakultet, 24 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi. Institutda 27 taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 17 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo‘limida 7755 nafar, magistraturada 180 nafar, sirtqi bo‘limda 1152 nafar, maxsus sirtqi bo‘limda 1053 nafar, jami institut bo‘yicha 10140 nafarni tashkil etadi.

Navoiy davlat pedagogika instituti strukturasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2017- yil 5- dekabrdagi 897-sonli buyrug‘i ilovasi bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Ustavi hamda 2018 yil tuzilmasi tasdiqlangan.

Telefon:
( +998) 79-225-19-30
Sayt:
nspi.uz
Pochta:
info@nspi.uz
Manzil:
Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 45- uy, pochta indeksi: 210100

Navoiy davlat pedagogika instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma