Oliy ta'lim muassasasi

Nukus davlat pedagogika instituti

Tarix, Filologiya, Tabiatshunoslik, Jismoniy tarbiya, Fizika-matemetika, Maktabgacha ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Nukus davlat pedagogika instituti

Nukus davlat pedagogika instituti O‘zbekistonning shimoliy hududidagi ilk oliy o‘quv yurtlaridan bo‘lib, u 1934 yili o‘sha vaqtda gi poytaxt hisoblangan To‘rtko‘l shahrida tashkil qilingan. Pedinstitut uzoq yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq taʼlimi sohasi uchun kadrlar tayyorlab kelgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining ko‘pchilik davlat arboblari, jumladan, xalq xo‘jaligi, madaniyat va fan arboblari turli yillarda pedagogika institutida tahsil olgan. Nukus davlat pedagogika instituti bitiruvchilari O‘zbekistonning turli viloyatlarida, shuningdek, Turkmaniston, Qozog‘iston va chet davlatlarda faoliyat yuritmoqda. Institutimiz bitiruvchilari safida 6 nafar akademik, 5 nafar O‘zbekiston Qahramonlari bor ekanligidan faxrlanamiz. 1976 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti bazasida Nukus davlat universiteti tashkil etilgan.

1991 yilda qayta tashkil etilgan Nukus davlat pedagogika instituti esa O‘zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini yuksaltirish borasida taraqqiy etayotgan yangi yondashuvning o‘ziga xos bir ko‘rinishidir. 1992 yildan eʼtiboran institut qoraqalpoq xalqi eʼzozlagan buyuk alloma-shoir Ajiniyoz nomi bilan atalib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib institutda 9ta fakultet va 1 magistratura bo‘limi 21 ta bakalavriat yo‘nalishi va 7 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali pedagoglar tayyorlanmoqda. Shuningdek, 3 ta mutaxassislik bo‘yicha tayanch doktorantura mavjud. Institut olimlari xalq tarixi va etnik tarkibi, arxeologiya va etnografiya, Orol dengizining qurishi oqibatida hududning flora va faunasiga taʼsiri, til va adabiyot, qoraqalpoq xalqining yozma va og‘zaki yodgorliklarini o‘rganish borasida chuqur ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Telefon:
(+998) 61-229-40-75
Sayt:
www.ndpi.uz
Pochta:
nkspi_info@edu.uz
Manzil:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, P.Seytov ko‘chasi, raqamsiz uy

Nukus davlat pedagogika instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma