Oliy ta'lim muassasasi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Futbol, Sport o‘yinlari, Ko'p kurash sport turlari, Yakka kurash sport turlari, Gimnastika va sport psixologiyasi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Universitet 28 mingga yaqin oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorladi. Universitet  aksariyat bitiruvchilari - o‘qituvchilar, murabbiylar, tashkilotchilar, yo‘riqchi va uslubchilar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda barkamol avlodni tarbiyalash ishlarida faol mehnat qilmoqdalar.

2017 yil 3 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini taʼminlash, respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yana-da takomillashtirish maqsadida o‘quv jarayonini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uyga va Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Chirchiq Sportchilar  ko‘chasi, 19-uy manziliga joylashtirildi.

Chirchiq shahar V.Haydarov ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining bino va inshootlari hamda istirohat bog‘i O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universitetiga berildi.

Hujjatda, shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2017—2018-o‘quv yilidan boshlab taʼlimning sirtqi bo‘limi tashkil etilishi belgilandi.

Telefon:
(+998) 70-717-17-76
Sayt:
jtsu.uz
Pochta:
info@uzdjtsu.uz
Manzil:
Toshkent viloyati, Chirchiq shahri , Sportchilar ko‘chasi, 19 uy

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma