Oliy ta'lim muassasasi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Qoraqalpog‘iston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviy rivojlantirish, xalqimiz, ayniqsa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok etadigan, jismoniy tarbiya va sport sohasida oliy taʼlim dasturlarini amalga oshirish orqali yuksak maʼnaviy-maʼrifiy sifatlarga, mustaqil fikrlash qobiliyatiga hamda jamiyatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojini taʼminlashga qodir yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 noyabrdagi 924 sonli qarori asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali tashkil etildi.

Filialda 2018-2019 o‘quv yilida 7 bakalavr taʼlim yo‘nalishida talabalar bilim olayotgan bo‘lsa, 2019-2020 o‘quv yilida 8 ta taʼlim yo‘nalishiga, 2020-2021 o‘quv yilidan bunga qo‘shimcha 4 taʼlim yo‘nalishiga, 2021-2022 o‘quv yilida qo‘shimcha yana 4 ta  yo‘nalishlari bo‘yicha sportchi yoshlar talabalikka qabul qilinadi. Umuman, kelajakda ushbu taʼlim dargohida sportning 16 ta turi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Telefon:
(+998) 61-224-27-73
Sayt:
uzdjtsunf.uz
Pochta:
ozdjtsunf@edu.uz
Manzil:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston ko‘chasi, 24-uy, pochta indeksi:

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma