Oliy ta'lim muassasasi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali

Xalqimizning betakror sanʼati va madaniyatini yana-da yuksaltirish, madaniyat va sanʼat sohasida teatr, kino, televideniye va xalq ijodiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori toifadagi aktyorlar va sanʼatshunoslik sohasida mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2008 yil 28 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston davlat sanʼat institutining Nukus filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ 845-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston davlat sanʼat institutining Nukus filiali tashkil etildi. Keyinchalik 2012 yil 4 iyundagi «O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-1771-son qaroriga asos O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali bo‘lib qayta tashkil etildi.

Filial dastlabki ochilgan yili «Sahna va ekran sanʼati dramaturgiyasi» va «Drama teatri va kino aktyorligi sanʼati» taʼlim yo‘nalishlarida 25 talaba qabul qilingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda 9ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha 700 dan ortiq talaba bilim olmoqda. Bugungi kunda filialda 1ta fakultet va 5ta kafedrada 54 professor-o‘qituvchi talabalarning yetuk kadr bo‘lib yetilishida taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Filialda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artistlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonga xizmat ko‘rsatgan artistlar, Qoraqalpog‘iston xalq baxshilarining dars berayotganligi nazariy bilimlar va amaliyotni o‘z-aro bog‘liqlik holda olib borishga, shuningdek, talaba-yoshlarning o‘z taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishida katta ahamiyat kasb etadi.

2020-2021-o‘quv yilida filialning kunduzgi bo‘limiga yangidan «Professional taʼlim: Xalq ijodiyoti (Vokal ijrochiligi)” taʼlim yo‘nalishi bilan birga, mazkur yilda filialning sirtqi bo‘limi ham ochildi. Yangidan ochilgan sirtqi bo‘limda «Sanʼatshunoslik (Sahna va ekran sanʼati dramaturgiyasi)», «Madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish va boshqarish», «Kutubxona-axborot xizmati (kutubxonachilik va bibliografiya)» taʼlim yo‘nalishlari uchun kvotalar ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda sirtqi bo‘limda 100 nafar talaba bilim olmoqda. Filialda bilim olayotgan talaba-yoshlarning sanʼatga bo‘lgan qiziquvchanligini orttirish maqsadida 2018 yili «Tumar» raqs ansambli tashkil etildi. Qisqa davr ichida «Tumar» raqs ansambli respublikamiz miqyosida keng tanildi va bugungi kunda Mustaqillik va Navro‘z bayramlarida o‘z konsert dasturlari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Telefon:
(+998) 61-224-29-02
Sayt:
uzdsmi-nf.uz
Pochta:
fart_info@edu.uz
Manzil:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Hurliman Qiz Baxshi ko‘chasi, 37- uy, pochta indeksi: 230100

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma