
Oliy ta'lim muassasasi
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Xoreografiya san’ati, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4585-son qaroriga asosan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimiga kiradigan davlat oliy ta’lim muassasasidir.
Akademiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
- raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlami, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlami tayyorlash;
- ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlami tayyorlash va nashr qilish;
- talaba-yoshlami qo‘llab-quwatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlar asosida ulaming xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishini samarali yo‘lga qo‘yish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini tashkil etish;
- kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanadarivojlantirish, uning samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlami ushbu yo‘nalishga keng jalb etish;
- soha mutaxassislarini xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o‘tash tizimini tashkil etish;
- talabalaming ilmiy-tadqiqot muassasalari bazalarida hamda xorijiy mamlakatlaming yetakchi tashkilotlarida tizimli ravishda qisqa va uzoq muddatli amaliyotlami tashkil etish.
- Telefon:
-
(+998) 71-215-55-94
- Sayt:
- Pochta:
- info@uzdxa.uz
- Manzil:
- Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 31- uy, pochta indeksi: 100031