Oliy ta'lim muassasasi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 24 may 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, yangi taʼsis etilgan yirik oliy o‘quv yurti. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tarkibiga kiradi. Universitetda bakalavr bosqichi bo‘yicha Xalqaro jurnalistika, Internet jurnalistika, Teleradiojurnalistika, Bosma va ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi, Sport jurnalistikasi, Harbiy jurnalistika yo‘nalishlari mavjud. Universitet hozirda yo‘nalishlar bo‘yicha faqatgina jurnalistlarni tayyorlab qolmay, mediadizayner, mediamarketolog, PR menejerlar hamda axborot xizmatlari uchun ham kadrlar tayyorlamoqda. O‘zJOKUda 3 ta fakultet va 5 ta kafedra mavjud bo‘lib, bakalavr, magistratura va sirtqi bo‘limlarda 10 dan ortiq yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha taʼlim beriladi. Hozirgi kunda esa universitetda Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, jurnalistika tarixi muzeyi mavjud. 2018/19 o‘quv yilida unda 119 dan ortiq talaba o‘qimoqda, 50 professor o‘qituvchilar, shu jumladan 5 fan doktori va 10 fan nomzodi va 7 dotsentlar ishlaydi. Universitet dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatgan.

Bakalavriyat (kunduzgi)

  • 5220101 — Bosma OAV jurnalistikasi;
  • 5220102 — Teleradiojurnalistika;
  • 5220103 — Internet jurnalistika;
  • 5220104 — Xalqaro jurnalistika;
  • 5220105 — Sport jurnalistikasi;
  • 5220106 — Harbiy jurnalistika;
  • 5220200 — Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar;
  • 5152000 — Mediadizayn;
  • 5220400 — Mediamarketing va reklama.

Bakalavriyat (sirtqi)

  • 5220100 — Bosma OAV jurnalistikasi;
  • 5220100 — Teleradiojurnalistika.

Magistratura

  • 5A220101 — Bosma OAV jurnalistikasi;
  • 5A220103 — Teleradiojurnalistika;
  • 5A220101 — Internet jurnalistika;
  • 5A220102 — Xalqaro jurnalistika;
  • 5A220101 — Sport jurnalistikasi;
  • 5A220101 — Siyosiy jurnalistika;
  • 5A220104 — Noshirlik ishi va muharrirlik;
  • 5A220101 — OJK.

Telefon:
(+998) 71-207-09-06
Sayt:
Pochta:
info@uzjoku.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Markaz-5, 88 uy

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma