Oliy ta'lim muassasasi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Islom tariхi va falsafasi, Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416sonli Farmoniga muvofiq, Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.

Akademiya (Toshkent islom universiteti) bitiruvchilari bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining deyarli barcha vazirlik va idoralari, yirik xalqaro tashkilotlar, ilg‘or mahalliy va xorijiy kompaniya (shirkat)larda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ular erishgan yutuqlar zamirida Akademiyaning salmoqli o‘rni bor. Har bir bitiruvchi nafaqat bilim va ko‘nikmalarga ega, balki Akademiyaning o‘ziga xos madaniyati, urf-odati hamda didini o‘zida mujassam etib, yoshlarga haqiqiy o‘rnak bo‘lmoqda.

Xorijiy talabalar istisno tarzida Akademiyaga suhbat asosida qabul qilinadi. Dars jarayonlari o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Yaqin orada ingliz tili auditoriyalarini yaratish rejalashtirilmoqda.

Akademiyaning asosiy vazifalari

  • mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni diniy (Qurʼon ilmlari, hadisi sharif, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, islom tarixi, manbashunosligi va falsafasi, dinshunoslik) va dunyoviy (xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar, ziyorat turizmi hamda mumtoz sharq adabiyoti) taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash;

  • respublikadagi barcha islom taʼlim muassasalari faoliyatini o‘quv-meʼyoriy va o‘quv-uslubiy jihatdan taʼminlash hamda muvofiqlashtirish;

  • islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran o‘rganish hamda targ‘ib etish; — kadrlar tayyorlash jarayoniga yetuk mutaxassislar va o‘qituvchilarni jalb qilish orqali ilm-fan hamda taʼlimning o‘zaro integratsiyasini chuqurlashtirish;

  • o‘qitishning zamonaviy uslub va metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng joriy etish asosida taʼlim sifatini oshirish;

  • ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha diniy-maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy yo‘nalishlardagi ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, Internet tarmog‘ida taʼlim resurslarini yaratish va muntazam yangilab borish;

  • islom olamida yuzaga keladigan dolzarb masalalar, zamonaviy siyosiy jarayonlarga oid ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish;

  • O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan va xorijiy oliy diniy taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish;

  • malakali xorijiy mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb qilish, shuningdek, Akademiya mutaxassislarini nufuzli xorijiy oliy diniy va ilmiy taʼlim muassasalariga malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish, talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Telefon:
(+998) 71-244-94-64
Sayt:
Pochta:
info@iiau.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11- uy, pochta indeksi: 100011

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma