Oliy ta'lim muassasasi

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi “O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi 31 sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Filialning asosiy vazifalari etib tegishli ravishda quyidagilar belgilangan:

  • kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va taʼlimning o‘zaro integratsiyasini taʼminlash;
  • raqs sanʼati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
  • ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;
  • talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda taʼlim olishi, ilmiy- ijodiy ishlar olib borishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yo‘lga qo‘yish;
  • kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yana-da rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yo‘nalishga keng jalb etish;
  • soha mutaxassislarining xorijiy turdosh oliy taʼlim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o‘tashlarini tizimli tashkil etish;
  • “Lazgi” ijrochiligini yana-da rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
  • fan-taʼlim va ijrochilikning integratsiyalashuvini taʼminlash;
  • “Lazgi” ijro yo‘li namunalari “Oltin fondi”ni yaratish;
  • anʼanaviy “Lazgi” ijro yo‘lini asrab-avaylash, uni zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yana-da takomillashtirish, raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;
  • “Lazgi” ijro yo‘lini keng targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • “Lazgi” ijro namunalarini ommaviy axborot vositalari hamda Internet axborot tarmog‘i orqali chet ellarda keng targ‘ib qilish.

Filialda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlangan.

Telefon:
(+998) 93-411-94-12
Sayt:
uzdxauf.uz
Pochta:
info@uzdxauf.uz
Manzil:
Xorazm viloyati, Urganch tumani, Al-Beruniy ko‘chasi, 2A-uy

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma