Oliy ta'lim muassasasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi tayanch oliy harbiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlaydi.

Akademiyaga bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi taʼlim shaklida o‘qishga, qoidaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari bo‘lgan, erkak jinsidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Akademiyaga bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan, bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmagan hamda belgilangan tartibda tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi yosh chegaralaridagi nomzodlar qabul qilinadi:

  • o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari;
  • o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional maʼlumotga ega rezervdagi harbiy xizmatga majburlar;
  • o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional maʼlumotga ega, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli va kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar;
  • yigirma olti yoshgacha bo‘lgan va Akademiyada bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan respublika oliy taʼlim muassasalarining 1- va 2-kurs (qabul yilida) talabalari. Bunda, saralab olishning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Akademiyada o‘qishni birinchi kursdan boshlaydi.

Akademiyada o‘qishga qabul qilish uchun saralab olish teng huquqlilik va adolat tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

Telefon:
(+998) 71-252-90-29
Sayt:
Pochta:
Manzil:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 3-uy

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi