
Oliy ta'lim muassasasi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4122 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora tadbirlari to‘grisida”gi qaroriga asosan tashkil etildi.
Harbiy institut Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasasi bo‘lib, unda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlar ikki yillik dastur asosida tayyorlanadi:
- Aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik -muhandisligi;
- Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Chegara qo‘shinlari intellektual tizimlar taktik qo‘mondonlik muhandisligi;
- Telefon:
-
(+998) 70-202-71-59
- Sayt:
- www.mvahi.uz
- Pochta:
- aktahi@gmail.com
- Manzil:
- Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Quyoshli qo‘rg‘oni