Oliy ta'lim muassasasi

O‘zbekistondagi Sharda universiteti

Sharda universiteti - Hindistondagi xususiy oliy ta'lim muassasasi. Universitet 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Hindistonning xususiy universitetlari orasida xorijiy talabalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekistonda Sharda universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Andijondagi Sharda universiteti 2019 yildan talabalar qabul qilgan.

Bu vodiydagi birinchi mustaqil va xususiy universitetdir. Sharda-O‘zbekiston Universiteti talabalari Hindistondagi Sharda Universiteti talabalari deb ham hisoblanadi.

Sharda-O‘zbekiston Universiteti Hindistondagi Sharda Universiteti oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida birgalikda ish olib boradi va ishlab chiqarishga oid talablarga hamda qonun hujjatlariga muvofiq ishlaydi.

Universitet faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  • elektr muhandisligi, axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik, kompyuter tizimlariga xizmat ko‘rsatish, elektronika, kommunikatsiya injiniringi, biznes-menejment va talab yuqori bo‘lgan ta'limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlashni ta'minlash;
  • ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish;
  • yuqori malakali mutaxassislarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan ularning malakaviy amaliyotini yetakchi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish;
  • mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, muhandislik-texnika, tibbiyot va aniq fanlar sohalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
  • ta'lim va ilmiy-texnikaviy sohalarda yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Talabalar sanoat loyihalari va real hayotdagi misollar orqali fanlarni o‘rganishadi va Sharda Universiteti o‘z hamkorlari bilan almashinuv dasturlari bo‘yicha talabalarni 1 oydan 6 oygacha chet el mamlakatlarida o‘qish imkonini beradi. Texnologiya yo‘nalishidagi talabalar o‘quv dasturining bir qismi sifatida Hindistonda 6 oy mobaynida ishlash imkoniyatiga ham egalar. Barcha fanlar ingliz tilida olib boriladi, bu esa talabalar kelajakda dunyo bo‘ylab karera qilishlariga imkon yaratadi.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston va Hindistonda oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Telefon:
(+998) 90-526-12-34
Sayt:
Pochta:
admission@shardauniversity.uz
Manzil:
Andijon viloyati, Andijon shahri, Boburshoh shoh ko‘chasi, 73 uy

O‘zbekistondagi Sharda universiteti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi