
Profi University
Profi University mamlakatimizda pedagog kadrlar va taʼlim boshqaruvi yo‘nalishida o‘z faoliyatini boshlagan ilk xususiy oliygoh hisoblanadi. Hozirga kelib Profi Education yana-da rivojlanish, yana-da yangi maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar ochish imkoniyatiga ega, lekin har safar yangi taʼlim dargohi ochganimizda biz kadrlar yetishmovchiligiga duch kelamiz.
Yaxshi, tajribali o‘qituvchilar juda kam, borlari ham o‘z ishiga ega, ularni ishlab turgan joyidan bo‘shatib kelish uchun esa ularga kattaroq maosh, qulayroq sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak bo‘ladi. Bu albatta o‘qituvchi uchun yaxshi, lekin xususiy taʼlimning narxini oshirib yubormoqda. Natijada farzandini xususiy maktabda o‘qitish istagidagi ota-onalarning ko‘pchiligi xususiy taʼlim xizmatlaridan foydalana olishmayapti.
Ayni vaqtda Profi Universityning Toshkent va Navoiy shahralarida filiallari mavjud.
Hozirgi kunda universitetda talaba tahsil olmoqda.
Profi Universityning ta’lim yo‘nalishlari:
- O‘zbek tili va adabiyoti
- Bank ishi va auditi
- Iqtisodiyot
- Buxgalteriya hisobi va audit
- Turizm
- Marketing
- IT (Axborot texnologiyalari va tizimlari)
- Ta’lim menejmenti
- Maktabgacha ta’lim
- Boshlang‘ich ta’lim
- Pedagogika-psixologiya
- Rus tili
- Ingliz tili
Ayni vaqtda universitetga imtihon asosida qabul qilinadi.
- Telefon:
-
(+998) 78-777-11-11
- Sayt:
- profiuniversity.uz
- Pochta:
- info@profiuniversity.uz
- Manzil:
- Toshkent shahri, Bektemir tumani, Iqbol MFY, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117 uy