Oliy ta'lim muassasasi

Qarshi davlat universiteti

Fizika-matemetika, Tabiiy fanlar, Pedagogika, Jismoniy madaniyat, O‘zbek filologiyasi, Tarix va ijtimoiy fanlar, Xorijiy tillar, Qarshi davlat universiteti

1945 yil 1 sentyabrda Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali sifatida faoliyat boshlagan mazkur filial 1949 yil 27 oktyabrda ikki yillik o‘qituvchilar tayyorlash institutiga, 1956 yil avgustidan Qarshi davlat pedagogika institutiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi “Yangi oliy o‘quv yurtlari tuzilishi haqida”gi Farmonining bajarilishi choralari haqida”gi 125-sonli Qarori bilan Qarshi davlat universiteti maqomi berildi va taʼlim muassasasida shu davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyoti soha va tarmoqlari uchun 70 ming nafardan ortiq, shundan 30 ming nafarga yaqin malakali kadrlar mustaqillik yillarida tayyorlandi.

Universitetda 8 ta: Ijtimoiy fanlar, Filologiya, Xorijiy tillar, Pedagogika, Sanʼatshunoslik, Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat fakultetlari hamda 37 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi.

Universitetning 39 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va 19 ta magistratura mutaxassisliklarida 2019-2020 o‘quv yili holatida 12200 nafar (shulardan, bakalavriatda -7636 nafar, maxsus sirtqida-2209 nafar, sirtqi taʼlimda-1363 nafar, ikkinchi mutaxassislik-806 nafar, magistraturada 186 nafar) talaba tahsil olmoqda.

Universitetda 600 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 193 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilardir. Shundan 25 nafari fan doktori, professorlar, 143 nafari fan nomzodi, dotsentlar va 25 nafari falsafa doktori (PhD). Ilmiy salohiyat 33% ni tashkil qiladi.

Telefon:
(+998) 75-221-00-56
Sayt:
www.qarshidu.uz
Pochta:
qarshidu@qarshidu.uz
Manzil:
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17- uy, pochta indeksi: 180103

Qarshi davlat universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma