Oliy ta'lim muassasasi

Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali

Universitet filialini tashkil etish uchun asosiy qadam O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2018 yilning 13-14- dekabrida Qashqadaryo viloyatga tashrifidan so‘ng qo‘yildi. Prezidentimiz uchrashuv mobaynida viloyat aholisining “Mening fikrim” veb portaliga Shahrisabz shahrida oliy o‘quv yurtining filialini ochish bo‘yicha yuborgan taklifi yuzasidan mutasaddilarga Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallarini tashkil etish topshirig‘ini berdi. Bu taklif butun Qashqadaryo aholisining orzu qilgan ilm maskanini yaratilishiga turtki bo‘ldi. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining “Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallarini tashkil etish to‘g‘risida”gi hamda “Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlarining loyihalari tayyorlandi.

Tashkil etish ko‘zda tutilayotgan filiallarga bazaviy oliy taʼlim muassasalaridan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilib, o‘quv jarayoni 2019-2020 o‘quv yilidan boshlanishi belgilandi. Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filialida maktabgacha taʼlim va umumiy o‘rta taʼlim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

2019- yil 4- sentyabrdan maktabgacha taʼlim, boshlang‘ich taʼlim va sport tarbiyaviy ishlari, xorijiy tillar (ingliz tili) va ona tili adabiyoti rus tili adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda yo‘nalishlarida filial o‘z faoliyatini boshladi.  

Telefon:
(+998) 75-522-40-58
Sayt:
www.tdpushf.uz
Pochta:
tdpukesh@mail.ru
Manzil:
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 10-uy, pochta indeksi:

Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma