
Qo‘qon universiteti
Qo‘qon universitetiga O‘zbekiston Respublikaning Qo‘qon shahrida dunyoning 1000 ta yetakchi universitetlari reytingiga kiritilgan birinchi nodavlat oliy o‘quv yurtini tashkil etish vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan respublikaning yosh va ilg‘or bir guruh tadbirkorlarining tashabbusi bilan asos solindi.
Shu maqsadda 2019 yilda universitet yaratish uchun tashabbuskor guruh tuzildi. Shuning uchun Yevropa va Osiyoning bir qator yetakchi universitetlari, xususan Janubiy Koreyaning Vusong universiteti bilan aloqalar o‘rnatildi.
2019 yil 17 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 683-sonli "Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risida" qarori qabul qilindi.
Sentabr oyida universitetni tashkil qilish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar hal qilindi, xususan, universitetni boshqarish uchun yuqori darajali ta’lim menejerlari taklif etildi, talabalar universitetga qabul qilindi.
2019 yil oktabr oyida universitetda o‘quv jarayoni boshlandi.
Universitetning asosiy vazifasi respublika iqtisodiyoti uchun davlat va real sektor korxonalarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Ta‘lim yo‘nalishlari:
- Boshlang‘ich taʼlim
- Iqtisodiyot
- Kompyuter injiniringi
- Maktabgacha taʼlim
- Mehmonxona va turizmni boshqarish
- Menejment
- Moliya
- Psixologiya (amaliy psixologiya)
- Tadbirkorlik
- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
- Telefon:
-
(+998) 73-545-55-55
- Sayt:
- www.kokanduni.uz
- Pochta:
- info@kokanduni.uz
- Manzil:
- Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-A uy