
Qoraqalpoq davlat universiteti
Texnika, Filologiya, Pedagogika, Tarix va huquq, Fizika-matematika, Kimyo-texnologiya, Ijtimoiy iqtisodiyot, Qoraqalpoq filologiyasi, Tabiatshunoslik va geografiya, Qoraqalpoq davlat universiteti
1976-yilning 1-sentyabridan boshlab Nukus davlat universiteti taʼlim maskani sifatida o‘z ishini boshladi. U sobiq o‘qituvchilar institutining tayyorlov bo‘limi (1934-yili), o‘qituvchilar instituti (1935-yili), pedagogik institut (1944-yili) kabi bosqichlarni bosib o‘tib, respublikamizdagi yetakchi oliy o‘quv yurti sifatida bo‘y ko‘rsatdi. 1992-yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqari Kengesining qarori bilan T.G.Shevchenko nomidagi Nukus davlat universiteti Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti bo‘lib qayta nomlandi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbekistonda Toshkent, Samarqand universitetlaridan keyingi uchinchi universitet bo‘lib ochilgan edi. Universitetning ochilishi butun respublika tarixida katta voqea bo‘ldi, u hududimizdagi fan va taʼlim, madaniyat, iqtisodiyot va sanoat rivojlanishiga kuchli taʼsir ko‘rsatdi.
- Telefon:
-
(+998) 61-223-60-78
- Sayt:
- Pochta:
- karsu_info@edu.uz
- Manzil:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Akademik Charjoy Abdirov ko‘chasi, 1- uy, pochta indeksi: 230112