Oliy ta'lim muassasasi

Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filiali

Qozon Federal universitetining Jizzax shahridagi filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 avgustdagi PQ-5237 qarori bilan tashkil etilgan.

Filialda quyidagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • geologiya;
  • dasturiy injiniring;
  • iqtisodiyot;
  • mashinasozlik;
  • davolash ishi;
  • stomatologiya;
  • farmatsiya;
  • tibbiy biokimyo.

Filial Qozon Federal universitetining (Rossiya Federatsiyasi) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi va boshqa taʼlim shakllarida olib boriladi.

Filialda taʼlim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlangan.

Qabul parametrlari manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojini hisobga olib Filial tomonidan tasdiqlanadi.

Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari 3 yildan kam bo‘lmagan muddat majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekistonning davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi.

Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Telefon:
(+998) 99-909-77-66
Sayt:
Pochta:
Manzil:
Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Jizzaxlik MFY, Sharof Rashidov ko‘chasi, 295 uy, pochta manzili: 130100

Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filiali Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi