Oliy ta'lim muassasasi

Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 22.10.2020 yildagi “Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4870-son qaroriga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti negizida Mudofaa vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi tashkil etilgan. Akademiya davlat oliy harbiy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Akademiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar uchun harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • tibbiyot sohasida tor mutaxassislarni, ilmiy-pedagogik kadrlarni hamda zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;
  • taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik va innovatsion tibbiyot texnologiyalari, zamonaviy o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy yondashuvlarni keng joriy etish;
  • harbiy tibbiyot amaliyotida mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
  • milliy va xorijiy yetakchi oliy, oliy harbiy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda taʼlim jarayonini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish;
  • taʼlim oluvchilarni insonparvarlik va yuksak maʼnaviy g‘oyalar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Akademiyada o‘qish ikki yillik bo‘lib, ikki bosqichli harbiy tibbiyot o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi: birinchi yil — bakalavr darajasida, ikkinchisi — harbiy internaturadan iborat bo‘ladi va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha harbiy amaliyot. Harbiy internaturaning o‘ziga xosligi u yerda Qurolli Kuchlar uchun tor mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Akademiyaning bakalavriat bosqichini tamomlagan kursantlarga tibbiy xizmat leytenanti harbiy unvoni va harbiy vrach diplomi beriladi. Harbiy internaturani bitirganlarga esa tibbiy xizmat katta leytenanti harbiy unvoni va tegishli mutaxassislik berilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Mazkur qarorga ko‘ra, endilikda respublikamizdagi harbiy tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan harbiy shifokorlar tor doiradagi mutaxassisliklarni egallab malakasini oshirmoqchi bo‘lsa, akademiyaning klinik ordinatura, magis­traturasida tahsil olishi mumkin. Ilm yo‘lidan ketaman, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanaman, degan ilmiy-pedagok kadrlar esa doktoranturada o‘qishlari mumkin. Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali akademiyaning o‘quv va klinik bazasi, shuningdek, asosiy ta’minot markazi hisoblanadi.

Telefon:
(+998) 71-289-97-99
Sayt:
Pochta:
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Parkent ko‘chasi, 2-uy, pochta indeksi: 100023

Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi