Oliy ta'lim muassasasi

“Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining Samarqand filiali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ–4311-sonli “Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filiali tashkil qilingan.

Filial faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  • oliy ta’lim sifatiga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiq jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni yuqori darajada bajarishga qodir malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • jismoniy tarbiya va sport sohasida talabalarning chuqurlashtirilgan mustaqil tayyorgarligini hisobga olgan holda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish;
  • oliy ta’lim tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi hamda ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarning o‘zaro bog‘liqligi, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik asosida jismoniy tarbiya va sport sohasi kadrlarining professional tayyorgarligini oshirish;
  • jismoniy tarbiya va sport sohasida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish;xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Filial Universitetning alohida tarkibiy bo‘linmasi hamda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan ta’limning asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Filialda ta’lim Rossiya Federatsiyasi federal ta’lim standartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va ta’lim dasturlari asosida rus tilida amalga oshiriladi.

Abituriyentlar qabuli va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Telefon:
(+998) 66-232-29-29
Sayt:
Pochta:
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17a-uy

“Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining Samarqand filiali Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi